Yunusobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
15 yanvar 2021
10140Toshkentning Yunusobod tumaniga Jahongir Ibrohimov hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Jahongir Bahodirovich Ibrohimov 1982 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.
Jahongir Ibrohimov 2017-2020 yillarda Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2020-2021 yillarda Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi sifatida ishlagan.
Avvalroq, shu vaqtchaga Yunusobod hokimi vazifasida ishlagan Rahmonbek Usmonov Transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi