Yunusobod DSIning poraxo‘r katta inspektori qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
16 may 2021
11904Toshkentning Yunusobod tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimi korxona rahbaridan pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi hamda shahar prokuraturasi va Departament tomonidan o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Yunusobod tumani Davlat soliq inspeksiyasining katta inspektori mahalliy mas’uliyati cheklangan jamiyat ta’sischisidan 3,5 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, ushbu mansabdor shaxs MCHJda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan kameral tekshiruvda ijobiy xulosa berilishini ta’minlashni va’da qilgan.
Avvalroq, Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari va Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi