YUNESKO jurnalistlar eng ko‘p o‘ldirilayotgan mamlakatlarni ochiqladi
Olam
−
04 noyabr 2019
34962 noyabr – Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosiz qolishga qarshi xalqaro kurash kuni. YUNESKO ushbu kun munosabati bilan BMTga ko‘ra jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Besh yil ichida (2014-2018) butun dunyo bo‘ylab 1109 jurnalist o‘ldirilgan. Bu avvalgi besh yillik davrga nisbatan 18 foizga ko‘pdir. Bundan tashqari, 90 foiz holatlarda aybdorlar jazolanmagan.
Hisobotga ko‘ra, jurnalistlar uchun eng xavfli mintaqa arab davlatlari: ushbu mamlakatlarda yuqoridagi qotilliklarning 30 foizi amalga oshirilgan.
Ikkinchi o‘rinda – Lotin Amerikasi mamlakatlari va Karib dengizi davlatlari – 26 foiz. Undan keyin Osiyo-Tinch okeani mintaqasi.
Avvallari jurnalistlarning ko‘p qismi urush va qurolli to‘qnashuvlar hududlarida halok bo‘lgan bo‘lsa, endi esa o‘ldirilgan jurnalistlarning yarmidan ko‘pi xizmatni suiiste’mol qilish va korrupsiya bilan bog‘liq tergov ishlariga oid maqola va reportajlar tayyorlangani aytiladi. Halok bo‘lganlarning 93 foizi mahalliy muxbirlardir.
YUNESKO internet va ijtimoiy tarmoqlarda #HaqiqatO‘libKetishigaYo‘lQo‘ymaylik xeshtegini ilgari surmoqda. Hatto, Google Maps’dan foydalanib, kasbiy faoliyati uchun o‘ldirilgan jurnalistlar ishlagan mamlakatlar ko‘rsatilgan xarita ishlab chiqdi. Undagi ma’lumotlar 1993 yildan boshlanadi.
YUNESKO ta’kidlashicha, jurnalistlarning o‘ldirilishi uchun javobgar bo‘lganlarni jazolash kamdan-kam uchraydi.
“Tergovlar yuzaki o‘tadi va deyarli hech qachon natija bermaydi. Va jazosizlik yangi jinoyatlarga olib keladi. Buni o‘zgartirish kerak”, deydi YUNESKO bosh direktori Odri Azule.
“YUNESKO jurnalistlar xavfida bo‘lganlarni, ularni o‘ldirayotganlarni va ushbu qonunsizlikka chek qo‘yish uchun hech narsa qilmaydiganlarni javobgarlikka tortishga chaqiradi. Jurnalistning o‘limi hech qachon haqiqatni izlash to‘xtatilishini anglatmasligi kerak”, deydi tashkilot rahbari so‘zini davom ettirib.
YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, 1996 yildan beri Rossiyada 34, 1995 yildan beri Ukrainada 16, Ozarbayjonda 3 nafar jurnalist o‘ldirilgan.
LiveBarchasi