Sartaroshxona, yo‘nalishsiz taksilar va savdo majmualariga qanday talablar qo‘yildi?
Jamiyat
−
07 may 2020
11464Avvalroq, “yashil“ va “sariq“ toifadagi hududlarda yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga, sartaroshxona va go‘zallik salonlari hamda savdo majmualari faoliyat yuritishiga ruxsat berilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu faoliyat turlariga ruxsat berilar ekan, quyidagi talablarga rioya etish majburiy etib belgilandi.
Yo‘nalishsiz taksilar — yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanishi lozim;
Sartaroshxona va go‘zallik salonlari — xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy himoya vositalari — tibbiy xalat yoki kombinezon, tibbiy niqob (N 95 yoki ustma-ust 2 ta oddiy spanbond niqobli), yuzni to‘liq to‘sadigan himoya maskasi va tibbiy qo‘lqopdan foydalangan holda “1 ta xizmat ko‘rsatuvchi shaxs — 1 ta mijoz“ tamoyili asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlashi lozim;
Savdo majmualari — qat’iy ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat etiladi, bunda: savdo majmuasining attraksion, ko‘ngilochar, ovqatlanish bo‘linmalari, kinoteatr va o‘yin maydonchalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.
Avvalroq, qaysi hudud qanday toifaga kirishi haqida ma’lumot berilgan edi.
LiveBarchasi