Yun Sok Yolga impichment bo‘yicha ovoz berish qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Janubiy Koreyaning parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega “Toburo” muxolif demokratik partiyasi Prezident Yun Sok Yolga impichment e’lon qilish tashabbusi bo‘yicha ovoz berishni 7 dekabr kuni o‘tkazmoqchi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

“Impichment bo‘yicha ovoz berishni 7 dekabr kuni kechki soat 7 atrofida o‘tkazishga qaror qilindi”, deyiladi xabarda.

Hujjat loyihasi 5 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan yarim tundan keyin yalpi majlisda muhokamaga taqdim etilgani sababli ovoz berish 6 yoki 7 dekabrda o‘tkazilishi kutilgandi. Janubiy Koreya qonunchiligiga muvofiq deputatlar impichment masalasida ovoz berishni yalpi majlisdagi muhokamadan keyin 72 soatdan kechiktirmay o‘tkazishlari kerak. Agar tashabbus ma’qullansa, masala Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Yun Sok Yol Mudofaa vaziri Kim Yon Xyongning iste’fo arizasini qabul qilgandi. Vazir 3 dekabr kuni Prezidentga harbiy holat e’lon qilishni maslahat bergan edi, lekin parlament ovoz berib, bu qarorni bekor qildi. Keyinchalik Prezident ham parlamentning qarorini qabul qilgandi.

Muxolifat 4 dekabr kuni parlamentning tegishli qo‘mitasiga Prezident, Mudofaa vaziri va Ichki ishlar va Xavfsizlik vaziriga nisbatan impichment e’lon qilish taklifini kiritgan. “Toburo” partiyasi Prezidentni davlatga xiyonat qilishda ayblashga erishishini va’da qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

impichment Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing