Yo‘lovchi poyezdida yong‘in! 46 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 31 oktyabr kuni Pokistonda yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqishi natijasida kamida 46 kishi halok bo‘ldi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, yo‘lovchilar nonushta tayyorlash uchun gaz ballonidan foydalanishganda portlash yuz bergan.

Panjob viloyatining Rahim Yar Xon shahri yaqinida poyezdning uchta vagoni yonib vayron bo‘lgan. Politsiya boshlig‘i qurbonlar soni 46 nafarga yetganini bildirgan.

Qurbonlarning ko‘pi kuyishdan emas, poyezddan sakrash natijasida halok bo‘lgan. Tuman qutqaruv xizmati rahbari Bakir Husayn vafot etganlar soni ortishi mumkinligini hamda 15 kishi jarohat olganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in poezd Pokiston

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing