Yo‘lovchi poyezd relsdan chiqib ketishi natijasida 5 kishi vafot etdi

Olam

image

Bangladeshning sharqiy qismidagi Maulbibazar viloyati hududida yo‘lovchi poyezd harakatlanayotgan vaqtda relsdan chiqib ketdi.

Ushbu hodisa natijasida voqea joyida 5 kishi vafot etgan. 100 dan ortiq odam esa turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Silxetdan poytaxt Dakka tomon harakatlanayotgan Upaban Express poyezdi kanal qirg‘oqlarini bog‘lab turuvchi ko‘prik ustida relsdan chiqib ketgan. Poyezdning bitta vagoni kanalga tushib ketgani aytilmoqda. Halok bo‘lganlar shu vagonda bo‘lgan.

Voqea joyiga 13 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 5 ta tez yordam mashinasi jo‘natilgan. Vafot etganlarning jasadlari kanaldan chiqarib olingan. Jarohatlanganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bangladesh Upaban Express yo'lovchi poezd

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing