Yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan qulab, mikroavtobus ustiga tushdi

Olam

image

Bugun, 13 sentyabr kuni Qozog‘istonning Qaskelen shahriga kiraverishda yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan qulab, mikroavtobus ustiga tushdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘lovchi avtobusi janubga Qaskelen shahri tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchining qon bosimi ko‘tarilib ketib, boshqaruvni yo‘qotgan.

Avtobus o‘ng tomonga burilib, beton to‘siqqa borib urilgan, so‘ng zarbadan u qarama-qarshi harakatga o‘tib ketgan va to‘siqni buzib o‘tgan holda ko‘prikdan pastki yo‘lga qulagan. Bu vaqtda Mercedes-Benz Sprinter mikroavtobusi Bishkekdan Olmaota tomon ketayotgan bo‘lgan. Avtobus uning ustiga tushgan.

Bildirilishicha, hodisada hech kim qurbon bo‘lmagan, sakkiz kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Quva tumanida Hyundai mikroavtobusi yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Yo'lovchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing