Endi pochtadan “qora xat” kelmaydi

Jamiyat

image

Joriy yil 1 martdan xalq tilida “qora xat” deb yuritiladigan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun YHXX Jamoat xavfsizlik departamenti tomonidan shakllantirilgan ma’muriy bayonnomalarni, ya’ni jarima xatlarini “O‘zbekiston pochtasi” orqali yetkazish to‘xtatiladi. Bu haqda pochta matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, xizmat ko‘rsatishning to‘xtatilishiga sabab, Ichki ishlar vazirligi “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish davlat muassasasi bilan 2026 yil uchun shartnoma imzolanmaganligidir.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ ushbu masalaga doir yangi tafsilotlarni taqdim etib boradi. Jarima xatlarini yetkazishning yangi tartibi qanday bo‘lishi hozircha aniq emas.


Maqola muallifi

Teglar

pochta Jarima xatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing