Yuliya Risyukova Prezident Administratsiyasiga o‘tdi
Jamiyat
−
17 fevral 6121 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Yuliya Vasilevna Risyukova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan u Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etilgan. Risyukovaning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Shahzodbek Karimovich Qurbonniyozov Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimiga tayinlangan.
.jpg)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Hilola O‘ktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan edi, uning o‘rniga Ilhom Tohirovich Sirojev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bugun, 17 fevral kuni Hilola Umarova Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Live
Barchasi