Yulduz Usmonovaning konsertida katta mojaro chiqdi (video)
Madaniyat-san’at
−
30 may
75064Kecha, 29 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan Yulduz Usmonovaning konsertida tashkilotchilar 2400 o‘rinlik joyga 7000 dan ortiq chipta sotgani va oqibatda tomoshabinlar konsertga bostirib kirgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, konsert dasturi joriy yilning 28 may kuni bo‘lib o‘tgan. Konsert o‘tkazilgan Davlatobod tumani G‘irvonsoy ko‘chasida joylashgan “Afsonalar vodiysi” bog‘ining yozgi amfiteatri 2 sektordan iborat bo‘lib, 2664 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan.
Tadbir tashkilotchilari tomonidan konsert kuni taklifnoma asosida kiradigan fuqarolar uchun amfiteatrning oldi tomoniga qo‘shimcha yana 500 ta o‘rindiqlar qo‘yilgan. Konsertga chipta bilan tashrif buyurgan aksariyat fuqarolar o‘zlari bilan 2-3 nafargacha voyaga yetmagan farzandlarini olib kelgan hamda ular chipta olgan boshqa fuqarolarning joylarini egallab olgan.
Shu sababli amfiteatr o‘rindiqlari to‘lib qolgan va ko‘plab tomoshabinlar zalga kira olmagan. Konsert dasturini o‘tkazish davrida jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuzga yaqin hududiy Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining shaxsiy tarkibi xizmatga jalb etilgan va ular konsert dasturini o‘tkazish davrida favqulodda holatlar va ko‘ngilsiz hodisalar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymagan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi