Yo‘lda uxlab qolgan haydovchi YTHga uchradi. Qurbon bor

Jamiyat

image

Navoiyda Nexia va Changan rusumli avtomobillar ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

YTH joriy yilning 19 avgust kuni soat 10:25 larda Konimex tumani hududidan o‘tuvchi “Navoiy-Uchquduq” avtomobil yo‘lida yuz bergan. “Zarafshon-Navoiy” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Nexia rusumli avtomobil haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Changan rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan. 

Natijada Nexia rusumli avtomashinani haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Changan rusumli transport vositasi haydovchisi chap oyog‘i tizza osti sinish bilan Zarafshon shahar markaziy shifoxonasiga yotqazilgan. Nexia rusumli avtomashina haydovchi charchoq holatida uxlab qolgan va boshqaruvni yo‘qotgan holda ushbu yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing