Yo‘lda uxlab qolgan haydovchi YTH qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
30 may 2020
6804Bugun, 30 may kuni soat 05:20 larda, Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, “Xovosobod” MFY hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 151-km.da yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir kishi halok bo‘ldi.
IIVning xabar berishicha, Nexia rusumli transport vositasini “Dushanbe-Toshkent” yo‘nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi 1988 y.t. X.L. (erkak) charchoq sabab harakat vaqtida uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada yo‘lning qaram-qarshi bo‘lagini ajratib turish uchun o‘rnatilgan beton to‘siqqa urilgan.
YTH oqibatida 32 yoshli haydovchi X.L. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Xovos tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.