Yo‘l o‘pirilishi oqibatida avtobus yer ostiga kirib ketdi (video)

Olam

Xitoyning Sinxay provinsiyasining Sinin shahrida yer o‘pirilishi oqibatida ichida yo‘lovchilari bor avtobus falokatga uchradi. Oqibatda olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xitoyning markaziy televideniyesi xabar bermoqda.

Avvalroq, voqea oqibatida 10 nafar yo‘lovchi izsiz g‘oyib bo‘lgani, 15 nafari esa shifoxonaga joylashtirilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Yo‘lning o‘pirilishi 13 yanvar, dushanba kuni, mahalliy vaqt bilan 17:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Bekatda turgan avtobus yer ostiga kirib ketgan. Ertasi kuni, 13 yanvarda esa olti kishining jasadi topilgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Halokat sabablari o‘rganilmoqda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Yo'l o'pirilishi

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing