Yo‘l harakati qoidalarida o‘zgarishlar bo‘ladi
Jamiyat
−
11 Sentabr 2019
9948O‘zbekiston Respublikasi yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritiladi. Bu haqda 2019-2021 yillarda notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilgan.
Kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari xodimlari tomonidan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlarini qarindoshlik munosabatlarini aniqlash tartibini nazarda tutuvchi jarayon joriy etishga aloqador bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi 2019 yil sentyabr oyida ishlab chiqiladi. Ijro etilishiga mas’ul - Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov).
Avvalroq, notarial bitimlarni tasdiqlashda taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirilishi haqida xabar qilgandik.