Tezlik bilan bog‘liq jarimani qo‘llash tartibiga o‘zgartirish kiritildi
Jamiyat
−
21 Oktabr 2023
25610Endi aholi yashash punktlaridan tashqarida tezlikni me’yoridan oshirish bilan bog‘liq jarima transport vositasining turi va unga belgilangan yuqori cheklangan tezlikka qarab qo‘llaniladi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Yo‘l harakati qoidalarining 79-bandida belgilanganidek, aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, shaharlararo qatnaydigan avtobuslar va mikroavtobuslar tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishi mumkin.
Shuningdek:
- boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan;
- tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish ruxsat etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Yo‘l harakati qoidalariga elektron skuterlar va boshqa individual harakatlanish vositalariga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan edi.
LiveBarchasi