“Yuksalish” anomal sovuqda maktablarda o‘qishni tiklashga qarshi chiqdi

Jamiyat

image

O‘qishni boshlashning aniq muddatini belgilash qarori nafaqat ta’lim muassasalari ma’muriyati, balki ota-onalar va pedagogik tarkib bilan maslahatlashgan holda qabul qilinishi lozim. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodovning anomal sovuq sharoitiga qaramay, mamlakat hududlarida ta’lim jarayonlari tiklanayotganiga nisbatan bildirgan munosabatida so‘z borgan.

U barcha ijro organlarini o‘qish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash masalasini qayta ko‘rib chiqishga, bunda qishloqlardagi sharoitni hisobga olishga chaqirgan. 

“Biz mahalliy davlat hokimiyati organlari va ta’lim jarayonlariga mas’ul hududiy idoralarni maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida o‘qish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash masalasini ko‘rib chiqishga chaqiramiz. 

Avvalo, anomal sovuq va yog‘ingarchilik sharoitida  o‘quvchilarning ta’lim muassasiga yetib kelishi keskin qiyinlashadi. Ayrim qishloqlarda bolalar bir necha kilometr piyoda yurib maktabga qatnashini inobatga olish zarur”, deydi Bekmurodov. 

Uning qayd etishicha, qator hududlarda maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida isitish tizimlari to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon va Xorazm viloyatlaridagi maktablarda ertaga, 11 yanvardan ta’lim jarayonlari tiklanishi ma’lum qilindi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham 11 yanvardan boshlab oliy hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanishini bildirdi

Gidrometeorologiya xizmati markazi esa mamlakatda anomal sovuq hafta oxirigacha davom etishini aytmoqda


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing