Yuqori Chirchiqda o‘quvchilar muntazam majburiy mehnatga jalb qilingani aniqlandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani 23-maktab rahbariyati o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilayotgani haqida xabar tarqaldi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish holati bo‘yicha Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mexnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Natijaga ko‘ra, sinf rahbari tomonidan o‘quvchilar haqiqatdan ham joriy yilning 15 noyabr kuni dars vaqtida maktabning xovlisini va tashqari hududini majburiy tarzda ishlatilganligi aniqlangan. Shuningdek, bu kabi holat haftasiga ko‘p marotaba takrorlanib kelayotgani o‘z tasdig‘ini topgan.

Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mexnat inspeksiyasi tomonidan  Voyaga yetmaganlarning mehnatidan ma’muriy tarzda majburlash yo‘li bilan foydalanganligi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 1482-moddasiga asosan konuniy chora kurishlik uchun, Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

majburiy mehnat

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing