Yuqori Chirchiqda buvi va nevara zaharlanib vafot etdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 68 yoshli ayol va uning ikki nevarasi noma’lum moddadan zaharlanib, tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga olib kelingan. Ulardan faqat bir nafarining hayoti saqlab qolingan. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi. 

2025 yil 25 noyabr kuni soat 08:50 da Yuqori Chirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limiga Gulobod mahallasida istiqomat qiluvchi 1957 yilda tug‘ilgan ayol hamda 2017 yilda tug‘ilgan qiz (nevarasi) noma’lum moddadan zaharlanib vafot etgani haqida xabar kelib tushgan.

Shuningdek, 2013 yilda tug‘ilgan bola ham xonadonda zaharlanish holati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan uning hayoti saqlab qolingan va u hozirda davolanish jarayonida ekanligi aniqlandi.

Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan barcha jabrlanuvchilarga “noma’lum moddadan zaharlanish” tashxisi qo‘yilgan.

Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda va ish nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning Talas viloyatida 2010 yilda tug‘ilgan 14 yoshli qiz hammomda is gazidan vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tibbiyot birlashmasi Yuqori Chirchiq Talas zaharlanib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing