Yuk mashinalarining Toshkentga kirib chiqishida cheklov o‘rnatilishi mumkin

Jamiyat

image

Yuk avtomobillari uchun Toshkent shahriga kirib chiqishda cheklovlar o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga Toshkent shahar IIB YHXB tomonidan yo‘llarda tirbandlikning oldini olish maqsadida ertalab soat 7:00-10:00 va kechki 17:00-20:00 vaqtlari oralig‘ida poytaxtga og‘ir yuk tashuvchi transpoprt vositalarining kirib chiqishini cheklash haqida qaror qabul qilish taklifi kiritilgan. 

Ushbu masala tez kunlarda Toshkent shahar kengashi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. 

“Agar deputatlar bu qarorni qabul qilishsa Toshkentda tirbandliklar biroz bo‘lsa ham kamayadi, deb umid qilamiz”, degan Kusherboyev.

Avvalroq, haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon olish vakolatini Ichki ishlar vazirligidan xususiy sektorga o‘tkazish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yuk mashinasi

Baholaganlar

204

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing