YTH natijasida 4 yoshli qizcha halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Jizzaxda mudhish yo‘l-transport hodisasi natijasida voyaga yetmagan qizaloq halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

YTH joriy yilning 19 aprel kuni soat 07:20da Zomin tumanida yuz bergan. Shu tumanda yashovchi 28 yoshli B.U. "VAZ-2106" rusumli avtomashinasida yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga yugurib kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan 4 yoshli S.U.ni urib yuborgan.

Natijada voyaga yetmagan S.U. olgan tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH IIV

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing