YPX xodimining bosib ketilishi bo‘yicha tafsilotlar ochiqlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida Damas avtomashinasi haydovchisi YPX xodimini bosib ketgani haqida xabar berilgandi. Viloyat YHXB voqeaga aniqlik kiritdi. 

Bildirilishicha, hodisa bugun, 31 yanvar kuni soat 16:35 larda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani hududidan o‘tuvchi "Kitob-Shahrisabz" avtomobil yo‘lining 3-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Viloyat IIB JXX YHXB YPX xodimi davlat raqam belgisi bo‘lmagan Damas rusumli avtomobil haydovchisining me’yoriy hujjatlarini tekshirish maqsadida to‘xtash ishorasini bergan vaqtida haydovchi to‘xtamasdan, transport vositasini xodimning ustiga haydagan. 

"Atrofda bo‘lgan fuqarolar yordamida avtomobil ostidan olib chiqilgan YPX xodimi N.Musinov shifoxonaga olib borilgan. Kitob tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan berilgan dastlabki ma’lumotga ko‘ra, N.Musinovning boshi, yuzi, qo‘li va oyoqlarida shilingan jarohatlar borligi ma’lum qilingan", deyiladi ushbu xabarda. 

Hozirda holat yuzasidan Kitob tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing