YPX xodimini bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
01 fevral 2024
11789Kecha, 31 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida Damas avtomashinasi haydovchisi YPX xodimini bosib ketgani haqida xabar berilgandi. Ushbu haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
“Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida xizmat olib borayotgan IIB YHXG Yo‘l patrul xizmati inspektorini urib yuborib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksning 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deydi Shamsutdinov.
Uning aytishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, mazkur hodisa kecha, 31 yanvar kuni soat 16:35 larda "Kitob-Shahrisabz" avtomobil yo‘lining 3-kilometrida sodir bo‘lgan.
Viloyat IIB JXX YHXB YPX xodimi davlat raqami belgisi bo‘lmagan Damas rusumli avtomobil haydovchisining me’yoriy hujjatlarini tekshirish maqsadida to‘xtash ishorasini bergan vaqtida haydovchi to‘xtamasdan, transport vositasini xodimning ustiga haydagan.
Atrofda bo‘lgan fuqarolar yordamida avtomobil ostidan olib chiqilgan YPX xodimi shifoxonaga olib borilgan. Kitob tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan berilgan dastlabki ma’lumotga ko‘ra, xodimning boshi, yuzi, qo‘li va oyoqlarida shilingan jarohatlar borligi ma’lum qilingan.
LiveBarchasi
Trenddagilar




