YPX xodimiga bo‘ysunmagan 17 yoshli Tracker haydovchisi ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida inspektor talablariga bo‘ysunmagan 17 yoshli Tracker haydovchisi ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 15 mart kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 02:30 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida xodimlar tomonidan davlat raqam belgisiz harakatlanib kelayotgan Tracker rusumli transport vositasi to‘xtatilgan.

Transport vositasi haydovchisi yo‘l patrul xizmati inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan noma’lum tomonga harakatlanib ketgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida transport vositasi to‘xtatilganda ushbu transport vositasini boshqargan fuqaro voyaga yetmagan 17 yoshli yigit ekanligi aniqlangan.

Holatga oydinlik kiritish maqsadida mutasaddilar tomonidan voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi chaqirilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish maqsadida hududiy ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan. Transport vositasini boshqargan shaxslar voyaga yetmaganligi hisobga olinib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan ularning ota-onasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida voyaga yetmagan o‘g‘illarining yuqori tezlikda mashina haydashiga yo‘l qo‘ygan ota 5 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YPX haydovchi Tracker inspektor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing