YPX xodimi pora olayotganda ushlandi
Jamiyat
−
10 fevral 2020
27122Toshkent shahrida avtomobilni hujjatlarsiz boshqargani uchun ulovi jarima maydoniga olingan haydovchiga “yaxshilik” qilish uchun undan pora olayotgan YPX xodimi ushlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Joriy yilning 6 fevral kuni fuqaro U.A. huquqni muxofaza qiluvchi organlarga qilgan murojaatiga asosan, tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus divizioni YPX inspektori A.Boymatov fuqaro U.A.dan transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan Matiz rusumli transport vositasini chiqarib berish maqsadida ta’magirlik yo‘li bilan 220 000 so‘m pulni pora tariqasida olayotgan vaqtda ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha, Boymatov o‘zining boshqaruvidagi xizmat avtomashinasi bilan sodir etgan qoidabuzarligi jarimasini to‘lash uchun fuqarodan pora olgan.
Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori A.Boymatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi