YPX xodimi obrazida video olgan vaynerlar noqonuniy qamalgan bo‘lib chiqdi 

3-sahifa

image

Avval xabar berganimizdek, Jizzax viloyatida ichki ishlar organlari xodimlari formasida video tayyorlab, uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqarolar qamalgan edi. Endilikda G‘allaorol tuman prokuraturasi sud qarorini noqonuniy deb topdi va  uni bekor qilish yuzasidan apellyatsiya tartibida protest keltirdi. Bu haqda Jizzax viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudining 13 martdagi qaroriga ko‘ra, fuqaro U.O‘. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- va 209-1-moddasi, fuqaro D.U. ushbu kodeksning 183-moddasi bilan huquqbuzar deb topilib, ularga nisbatan mos ravigda 15 va 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

G‘allaorol tuman prokuraturasining apellyatsiya tartibidagi protestidan so‘ng,  joriy yilning 18 mart kuni ma’muriy ish Jizzax viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilgan. Unda vaynerlarning harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari mavjud emas deb  topilib, ular sud zalidan qamoqdan ozod qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda “Dili me” taxallusi bilan tanilgan bloger Dilshod O‘rozboyev ham ozodlikka chiqarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YPX xodimi vaynerlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing