YPX xodimining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Avvalroq, Farg‘ona viloyatida mast haydovchi YPX xodimini urib yuborgani va oqibatda og‘ir tan jarohati olgan serjant shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi qamoqqa olingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Marhumning oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga chuqur ta’ziya izhor etamiz hamda ularning dardiga sherik ekanimizni bildiramiz”, deydi Hayot Shamsutdinov.

Eslatib o‘tamiz, hodisa joriy yilning 31 iyul kuni soat taxminan 23:30 larda O‘zbekiston tumani “O‘qchi” MFY hududidan o‘tuvchi 40V064 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 1996 yilda tug‘ilgan A.E. mast holda Spark rusumli avtomashinada tungi xizmatni olib borayotgan YPX xodimining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmay, uni urib yuborgan. Jabrlanuvchi Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2-mintaqaviy hudud YPX otryadi 3-safarbar guruhi YPX katta inspektori, serjant Hayitbek Karimjonov bo‘lgan. Oqibatda serjant Hayitbek Karimjonov og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u jonlantirish bo‘limida vafot etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing