YPX xodimi bilan muloqotni video va suratga olib tarqatishga oid Hukumat qarori qabul qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarorigao‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. 

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qarori bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan.

Nizomning 14-bandi, YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarish majburiyati qismiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shish taklif qilingan:

•    “o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilgan yo‘l harakati qatnashchilariga ushbu ma’lumotlarni Internet jahon axborot tarmog‘iga o‘zining ruxsatisiz tarqatishi mumkin emasligini tushuntirish”;

•    yigirmanchi xatboshi yigirma birinchi xatboshi deb hisoblanadi.

b) 19-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shiladi:

•    “o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga YPX xodimi bilan o‘zaro munosabati qayd qilingan ma’lumotlarni Internet jahon axborot tarmog‘iga ruxsatsiz joylashtirmaslik”;

•    oltinchi – yettinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi – sakkizinchi xatboshilar deb hisoblanadi;

v) 21-banddagi “eng kam oylik ish haqining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

915

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing