YPX inspektori haydovchini “shantaj” qildi (video)
3-sahifa
−
22 noyabr 2025 18628 1 daqiqa
Buxoro viloyatida yo‘l-patrul xizmati inspektori unga yo‘l bermagan Equinox haydovchisiga asossiz ayblovlar qo‘ydi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 2025 yil 18 noyabr kuni viloyatning Romitan tumanida viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’muriy amaliyot markazi inspektori, kichik serjant Sayfiyev Nexia-2 avtomashinasini boshqarib ketayotganida o‘zidan oldinda harakatlanib kelib, svetoforning qizil ishorasida to‘xtab turgan Equinox haydovchisidan yo‘l berishini so‘rab, avtomashina chiroqlarini bir necha bora o‘chirib yoqqan.
Kamiga inspektor Equinox’ning old tomoniga o‘tib, haydovchiga noo‘rin ayb qo‘yib: “Transport vositasida avariya sodir etdingiz”, deya bodi-kamerasiz va hech bir asossiz haydovchidan avtomashinasini yo‘lning chetki qismiga olishini talab qilgan.
Hozirda holat yuzasidan viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan kichik serjant Sayfiyevga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan bo‘lib, tekshiruv natijalariga ko‘ra holatga to‘liq qonuniy baho beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda narkolaboratoriya tashkil etgan profilaktika inspektori ushlangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025