YPX avtomobili bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi vafot etdi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida yo‘l-patrul xizmati avtomobili bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 10 avgust kuni soat taxminan 10:30 da Ellikqal’a tumani hududidan o‘tuvchi 4H-155 “Bostan-Sarabiy” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 

Mazkur yo‘lning 10-kilometrida harakatlanib kelayotgan, 45 yoshli Z.Yu. (avtotransport boshqarish huquqiga ega emas) boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va 41 yoshli YPX xodimi N.A.ga biriktirilgan Nexia-3 rusumli xizmat avtomobili bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Lacetti haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. YPX xodimi esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur YTH yuzasidan Ellikqal’a tumani IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

607

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing