YouTube o‘z hukmiga imzo chekdi – Rossiya TIV
Olam
−
09 aprel 2022
22111Bugun, 9 aprel kuni Google “Duma TV”ning YouTube kanalini blokladi. Senator Andrey Klishas parlament kanalining bloklanishini “so‘z erkinligining g‘arbiy versiyasi” deb atadi. U YouTube’ning bunday qarorga kelganidan afsus bildirib, xosting Rossiyada noqonuniy maqomini olish uchun “ishonchli qadam” tashlayotganini ta’kidladi.
“Duma TV”ning YouTube kanali bloklanishiga Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham munosabat bildirdi. U parlament kanali bloklanishini YouTube Rossiyadagi faoliyati bo‘yicha o‘z hukmiga imzo chekdi, deya izohladi.
Zaxarova rossiyalik foydalanuvchilarni kontentni saqlab, uni milliy platformalarga o‘tkazishga chaqirgan. Bu ishni tezroq qilishni so‘ragan.
“Duma TV” YouTube’da deputatlar sharhlari, mualliflik dasturlari va yalpi majlislarni efirga uzatib kelgan. Hammasi bo‘lib, blokirovka qilingan paytda YouTube kanali 145 000 obunachiga ega edi va jami videolar 100 milliondan ortiq ko‘rilgan.
Fevral oyi oxiridan beri Google Yevropadagi RT va Sputnik kanallarini, keyin esa YouTube’dagi boshqa bir qator kanallarni bloklab qo‘ydi. Aprel oyi boshida “Roskomnadzor” kompaniyadan YouTube’da Rossiya ommaviy axborot vositalarini cheklashni to‘xtatishni talab qilgandi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, xosting Rossiya ommaviy axborot vositalari va jamoat arboblarining 54 ta kanalini cheklagan.
LiveBarchasi