YouTube endi onlayn o‘yinlar xizmatini taqdim etmoqchi

Bu qiziq

image

YouTube videoxostingi onlayn o‘yinlarni o‘ynash uchun mahsulotni ichki sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda “Indianexpress” sayti ma’lum qildi. 

Kompaniya o‘z xodimlarini "Playables" deb nomlangan yangi YouTube mahsulotini sinab ko‘rishga taklif qildi. Sinov uchun mavjud bo‘lgan o‘yinlardan biri Stack Bounce arcade'dir.

O‘yinlarni YouTube sayti veb-brauzerlarida yoki Google'ning Android va Apple'ning iOS mobil tizimlarida ishlovchi qurilmalar orqali o‘ynash mumkin.

 “O‘yin ustida uzoq vaqtdan beri ishlanmoqda, kompaniya uning yangi xususiyatlarini sinab ko‘ryapti va hozir e’lon qiladigan hech narsa yo‘q”, deb hisobot bergan YouTube vakili.

Ma’lumot o‘rnida, YouTube Android va Google TV foydalanuvchilari uchun tanlangan videolarni “1080p Premium” sifatida translatsiya qilish imkonini beruvchi yangi xususiyat ustida ham ish olib boryapti.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YouTube onlayn o'yinlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing