YouTube dizlayklar sonini ko‘rsatishni to‘xtatdi
Texnologiya
−
11 noyabr 2021 7401 1 daqiqa
Kecha, 10 noyabrdan boshlab YouTube videoga nisbatan salbiy munosabatlar bildirishlar sonini ko‘rsatishni to‘xtatdi, biroq dizlayk bildirish imkoniyatini saqlab qoladi. Bu haqda servis Matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya mart oyida e’lon qilgan eksperimentidan ma’lum bo‘lishicha, agar sayt statistik ma’lumotlarni ko‘rsatmasa, “Yoqmadi” tugmasini bosish ehtimoli kamroq. YouTube ma’lumotlariga ko‘ra, bunday holatlar kichik auditoriyaga ega kanallarda ko‘proq uchraydi.
Dizlayklar haqidagi ma’lumotlar YouTube Studio ijodkorlar kontenti samaradorligini baholash uchun mavjud bo‘lib qoladi. Ammo kontent kuzatuvchilari dizlayklar sonini ko‘ra olmaydi.
“Biz mualliflar muvaffiyatga erishish va o‘zlarini xavfsiz his qilish imkoniyatiga ega bo‘ladigan inklyuziv muhit yaratmoqchimiz”, deya izoh bergan YouTube ushbu holatga.
Shuningdek, videoxosting bu choralarni “tomoshabinlar va mualliflar o‘rtasidagi hurmatli muloqotni ta’minlash uchun” ko‘rganini tushuntirgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr