Yirik tozalash: Meta 8 ming ishchisini ishdan haydayapti
Olam
−
21 may 2376 2 daqiqa
Dunyoning yirik tehnokompaniyalaridan biri Meta ishchi kuchini qisqartirish maqsadida 8000 hodimini ishdan bo‘shatmoqda. Bu ko‘rsatkich kompaniya ishchilarining umumiy 10 foizini tashkil qiladi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Qayd etilishicha, qisqartirish jarayonlari kecha, 20 may kun Kaliforniya vaqti bilan 04:00 da boshlanib, 3 bosqichni o‘z ichiga oladi. “Business Insider” nashriga ko‘ra, hozirgacha ishdan bo‘shatilganlar orasida “Fidokorlik jamoasi”, “Zararli kontent va nutqlarni olib tashlash jamoasi”, shuningdek, kompaniyaning kiberxavfsizlik guruhlari va kontent dizayni bo‘limi a’zolari bor.
Kompaniya bu xabarlarni rasman tasdiqlab, Kaliforniya qonunlariga ko‘ra, bo‘shatilgan ishchilariga beriladigan qo‘shimcha 16 haftalik maxsus nafaqa berilishini e’lon qildi.
Qisqartirishlardan tashqari kompaniya WhatsApp, Facebook va Instagram uchun ishga olinishi rejalashtirilgan 6000 kishiga rad javobini yuborgan. Qolaversa, 7000 nafar xodimning ish joyi sun’iy intellekt bilan bog‘liq faoliyatlarga o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
“Wall Street Journal”ning yozishicha, yirik tozalash Mark Sukerberg boshchiligidagi direktorlar kengashining “Ishchilarni sun’iy intellekt orqali nazorat qilish dasturi”ni ishga tushirishi ortidan ro‘y bergan. Kompaniya ishchilaridan birining bildirishicha, Meta o‘z xodimlariga sun’iy intellekt modellariga moslashish talabini qo‘ymoqda.
Bu jarayon ortidan kompaniya ishchilarga sarflanadigan mablag‘larni sezilarli darajada kamayishi, yillik ish haqqini esa oshirilishi va kompensatsiyani o‘rtacha 30 000 dollargacha pasaytirishga erishishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta 8000 ishchisini bo‘shatishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Hojiakbar Muhammadjonov
Live
Barchasi