Yirik xorijiy brendlarni jalb qilgan korxonalarga grant beriladi
Jamiyat
−
18 avgust 2023
2440Prezident Shavkat Mirziyoyev eksportni kengaytirish uchun nufuzli xorijiy brendlarni O‘zbekistonga jalb qilish kerakligini aytdi. Bu haqda u bugun, 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotida so‘z ochdi.
Aytilishicha, yillik bozori 100 milliard dollardan oshadigan dunyoning eng mashhur 50 ta brendi O‘zbekiston korxonalari bilan ishlashga katta qiziqish bildirmoqda. Ispaniya, Germaniya, Polsha, Turkiyaning yirik brendlari bilan muzokaralar o‘tkazilgan. Ular mahalliy korxonalarga 3 milliard dollarlik buyurtma berishga hozirning o‘zida tayyor ekanini bildirgan.
Qayd etilishicha, xorijiy brendlarning mamlakatga kirib kelishi bilan 3 ta eng katta masala hal qilinadi. Bular:
- ishlab chiqarishga xalqaro standartlar, ekologiya va sertifikatlash talablari joriy qilinadi. Buning uchun mahalliy korxonalarning mutaxassislari ularning talabi asosida o‘qitiladi;
- mahalliy korxonalardagi ishchilarga munosib mehnat sharoitlari yaratib beriladi;
- brendlarning mahsulotlarini olib kirish va eksport qilish uchun qulay bojxona rejimi joriy qilinadi.
Bildirilishicha, yirik brendlarni jalb qilgan korxonalarga 50 million so‘mdan grant ajratiladi.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning “Diesel” brendini jalb qilgan Namangandagi “Fazman textile” korxonasiga hamda AQSHning “Nike” brendini jalb qilgan Andijondagi “Sino international” korxonasiga birinchi bo‘lib ushbu grantni berishni taklif qilgan.
LiveBarchasi