Yilning eng mashhur sportchilari aniqlandi

Sport

image

UFC`ning engil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmuhamedov ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilinadigan sportchiga aylandi. Bu haqda Lenta.ru xabar bermoqda.

Bu xulosaga 2019 yilgi ijtimoiy tarmoqlar vakillari, nashrlar va foydalanuvchilar izohlarini tahlil qilingandan so‘ng kelindi. Ta’kidlanganishicha, Nurmuhamedov va Dastin Pore o‘rtasidagi jang Odnaklassniki`da olti million kishi tomonidan muhokama qilinib, 12 million “prosmotr” to‘plagan.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni o‘tgan yil so‘ngida Moskvada janjal uyushtirgani uchun sudlangan va shu yil sportga qaytgan futbolchilar Pavel Mamayev va Aleksandr Kokorin egalladi. Kuchli beshlikka Lionel Myessi va xokkeychi Aleksandr Ovechkin ham kirdi.

Yilning eng yaxshi sportchilarining o‘ntaligiga futbolchilar Krishtianu Ronaldu va Artyom Dzyuba, figurali uchuvchi Alina Zagitova, aralash yakkakurash (MMA) Fyodor Yemelyanenko va figurali uchuvchi Evgeniya Myedvedeva kirdi.

Odnaklassniki`da sport klublaridan “Spartak” eng ko‘p eslab o‘tilgan. Undan keyin “Real”, “Lokomotiv”, “Barselona”, “Arsenal”, “Zenit”, “Dinamo”, SSKA, “Chelsi”, “Yuventus” kabi klublar bormoqda.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Krishtianu Ronaldu Habib Nurmuhamedov Kokorin Pavel Mamaev

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing