Yildiz Tilbe G‘azoga 300 000 dollar xayriya qildi
Madaniyat-san’at
−
14:02 3417 1 daqiqa
Ko‘plab mamlakatlar, jumladan O‘zbekistonda ham mashhur bo‘lgan turkiyalik xonanda Yildiz Tilbe G‘azoda ikkita chodir shaharchasini qurish uchun Quddus ko‘ngillilar uyushmasiga 300 000 AQSH dollari xayriya qildi. Qurilish ishlari boshlandi va u Ramazon oyiga qadar yakunlanadi.
Ushbu xayriya mintaqada to‘liq jihozlangan ikkita chodir shaharchasini tashkil etishga qaratilgan. Xayriya topshirilgandan so‘ng vayronalarni tozalash yakunlandi va qurilish ishlari boshlandi. Shuningdek, Tilbe chodir shaharchalarida yashovchi falastinlik oilalarning oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirish uchun G‘aza aholisi manfaati uchun konsert berishi aytildi.
“Hamma narsa Alloh roziligi uchun bo‘lsin”, degan Tilbe yordam sa’y-harakatlarini davom ettirishini aytib.
Manbalarning aytishicha, Yildiz Tilbe xayriya qilgan 300 000 AQSH dollari uning umumiy boyligining teng yarmiga to‘g‘ri keladi.
G‘azo sektorida 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etayotgan hujumlar tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi va gumanitar inqiroz, hatto sulh tuzilgan paytda ham davom etmoqda. Falastinliklar ochlik, suvsizlik, tibbiy yordamning yetarli emasligi va uy-joy tanqisligi bilan kurashmoqda. Ular qish oylarida yetarli bo‘lmagan chodirlarda omon qolish uchun mujodala bermoqda.
Turkiyada ko‘plab fuqarolar, san’atkorlar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari G‘azoga yordam berish uchun safarbar qilinmoqda.
Live
Barchasi