“Yil otasi”. Avstriyalik erkak 14 yoshli o‘g‘lini o‘g‘rilikka yollab, sudda uni sotdi
Olam
−
21 Sentabr
5783Avstriyalik erkak 14 yoshli o‘g‘li va eng yaqin do‘stini qurolli o‘g‘irlik qilishga undagan. Farzandi qo‘lga tushgach ota sudda hamma aybni bolalarining o‘ziga to‘nkamoqchi bo‘lgan. Bu haqda “Kronen Zeitung” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Avstriyada 34 yoshli erkak Vena viloyat sudining 1-sud zalida 14 yoshli o‘g‘li va uning 17 yoshli eng yaqin do‘stini bir qator o‘g‘irliklarda ayblagan. Otaning bu harakatlaridan sudya va hakamlar hay’ati hayratga tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak hamma jinoyatni o‘zi uyushtirgan va ularda haydovchi sifatida ishtirok etgan. Uning ishlash uslubi har safar deyarli bir xil bo‘lgan – ikki voyaga yetmagan bola tamaki do‘konlari va yoqilg‘i quyish shoxobchalariga niqob kiyib olgan holda, pichoqlar yoki o‘qsiz to‘pponcha bilan yuborilgan. Ota esa tashqarida qochish uchun mashina rulida kutib turgan. Ular qo‘lga tushgunga qadar yettita o‘g‘irlik qilishga ulgurgan. Yakunda erkak javobgarlikni o‘z zimmasiga olish o‘rniga, bolalar uni o‘g‘irlikka undaganini da’vo qilgan.
“Birinchi sudlanuvchi ikki boladan o‘g‘irlik uchun foydalanmagan. Aksincha bo‘lgan. Bolalar uni o‘g‘irlikka ko‘ndirgan”, deydi otaning advokati sudda.
Biroq, o‘g‘li sudda guvohlik berishdan oldin, u o‘z fikrini o‘zgartirgan va o‘g‘irlik uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Qayd etilishicha, ota sakkiz yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Yaqinda 15 yoshga to‘lgan o‘g‘li esa uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilinishi belgilangan. Uning 17 yoshli do‘sti ikki yarim yil qamoq jazosi olgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr