Yil oxiriga qadar kamida 8 ta elektrichka olib kelinadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 iyunigacha 34 ta zamonaviy elektrichka sotib olish bo‘yicha tenderlar yakunlanib, yil oxiriga qadar kamida 8 tasi olib kelinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida respublikada turizm salohiyatini jadal rivojlantirish masalalari yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 1 apreldan turoperator, mehmonxona va tashuvchilarga 10 va undan ortiq o‘rindiqli hamda ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan avtotransportni olib kirishda bojxona imtiyozlari beriladi.

Shuningdek, 2023 yilda sayyohlik tashkilotlariga avtobuslarni olish uchun 30 million dollar kredit resurslari taklif qilinadi.

Ma’lum qilinishicha, 10 apreldan xavfsizlik choralarini ko‘rib, “Qamchiq” dovoni orqali turistik mikroavtobus (15 kishigacha), Jizzax dovoni, Chimyon va Chorvoqda turistik avtobus va mikroavtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

videoselektor Shavkat Mirziyoev elektrichka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing