Yil davomida Italiya aholisi 116 ming kishiga kamaydi. O‘lim ko‘p
Olam
−
11 fevral 2020
85082019 yil davomida Italiya aholisi 116 ming kishiga kamayib, 60 million 317 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda bugun, 11 fevral kuni Italiyaning "Istat" milliy statistika xizmati xabar berdi.
Yil yakuni bo‘yicha vafot etganlar soni tug‘ilganlar sonidan 212 mingga ortgan. Ya’ni vafot etganlarga (647 ming) nisbatan deyarli bir yarim baravar kam fuqaro (435 ming) tug‘ilgan. Mamlakatga 143 ming muhojir ko‘chib keldi, ammo 48 ming kishi mamlakatni tark etdi.
Aholi sonining kamayishi ketma-ket besh yildan beri kuzatilmoqda va asosan mamlakatning janubiy mintaqalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy gullab-yashnagan shimoliy viloyatlarda ichki va tashqi migratsiya tufayli aholining ko‘payishi kuzatilmoqda.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi