Olti oyda transport xavfsizligi qoidalarini buzgan 500 dan ortiq kishi qamaldi
3-sahifa
−
22 iyul
2578O‘zbekistonda 2024 yilning 1-yarmi davomida transportdan foydalanish xavfsizligini buzish bilan bog‘liq jinoyat sodir qilgan 551 kishi qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki olti oyida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 1601 nafar shaxsga sud hukmi o‘qilgan. Ularning 551 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 1050 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
Taqqoslash uchun, 2023 yilda Jinoyat kodeksining xuddi shu moddasi bilan 3325 nafar shaxs sudlangan bo‘lsa, shundan 635 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 2690 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
Ma’lumot uchun, yuqoridagi moddaga ko‘ra, transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shuningdek, o‘sha qilmish odamlar o‘limiga, halokatga hamda boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilning dastlabki 6 oyida 10 mingdan ortiq shaxs ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi