Yil boshidan beri 7 mln odam ochlikdan vafot etdi
Olam
−
14 Oktabr 2020
68302020 yil boshidan beri sayyoramizda kamida 7 million kishi ochlikdan vafot etdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Devid Bisli ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ochlik dunyoning ayrim mintaqalarida koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz sababli sezilarli darajada kuchaygan.
Dastur mutaxassislarining hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu sharoitda ochlik bilan kurashish uchun kamida 6,8 milliard dollar talab qilinadi.
Ma’lumot uchun, Bisli pandemiya katta ko‘lamdagi ocharchilikka olib kelishidan ogohlantirgan. U ushbu holat xalqaro tashkilotlarning ocharchilikka qarshi kurash bo‘yicha avvalgi yillarda amalga oshirgan barcha sa’y-harakatlarini yo‘qqa chiqarishi mumkinligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar 38 milliondan oshgan. Kasallik asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 2 millionga yaqinlashmoqda.
LiveBarchasi