Yigitlar imkonsiz vazifani uddaladi – Islombek Ismoilov

Sport

image

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuv va chempionlik haqida fikr bildirdi. 

“Avvalo, O‘zbekiston xalqiga g‘alaba muborak bo‘lsin. Bu g‘alaba zamirida juda ko‘pchilikning mehnati yotibdi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan shu kunga qadar biz uchun juda ko‘plab yig‘inlar tashkil etildi, xalqaro turnirlarda ishtirok etishimiz uchun sharoit yaratib berildi. Vatanimiz doimo qahramonlar, mard insonlar yurti bo‘lgan. Buni futbolchilarimiz yana bir bor maydonda ko‘rsatib berishdi. Fantastik o‘yin bo‘ldi, bu jasorat, matonat namunasi. Yigitlarga rahmat aytaman, ular imkonsiz vazifani bajardi. Hissiyotlarimizni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Oldimizda yanada muhim turnir bizni kutmoqda. Jahon chempionatida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilamiz”, deydi Ismoilov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Xalifa O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini bugungi chempionlik bilan tabriklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Islombek Ismoilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing