Islombek Ismoilov “Neftchi” bosh murabbiyi bo‘ldi
Sport
−
02 dekabr 2025 4542 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Farg‘onaning “Neftchi” jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Islombek Ismoilov O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bilan Qatarda bo‘lib o‘tgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi ishtirokidan so‘ng jamoa bilan xayrlashganini ma’lum qilgan edi.
Endilikda Ismoilov Farg‘ona jamoasi bilan 2026 yilda O‘zbekiston Superligasida amaldagi chempion sifatida ishtirok etadi. Bundan tashqari, murabbiy “Neftchi” jamoasi bilan 2026-2027 yilgi OFK Elit Osiyo chempionlar ligasida ham qatnashadi.
Ma’lumot uchun, Islombek Ismoilov bundan oldin Farg‘onaning “Turon” jamoasini ham boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona jamoasi Superliganing eng yaxshi murabbiyi Vitaliy Levchenkoni iste’foga chiqarganini e’lon qilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025