Yigitidan voz kechishni tavsiya bergani uchun qiz o‘z onasini 11 marta pichoqladi (video)
Olam
−
24 iyul 14617 1 daqiqa
Turkiyaning Samsun shahrida 20 yoshli qiz sevgan yigiti bilan ajrashishni talab qilgani uchun o‘z onasini 11 marta pichoqladi. Bu haqda “En son haber” xabar berdi.
Ona o‘z qiziga u tanlagan yigit undan faqat foydalanayotgani, shuning uchun bu munosabatlarni tugatishni maslahat bergan. Ammo bu gap qizda g‘azab uyg‘otgan va u o‘z onasiga nisbatan dahshatli hujumga qo‘l urgan.
Ma’lum bo‘lishicha, qiz onasiga shafqatsiz hujum qilganidan keyin tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgan. Tez yordam guruhi tomonidan og‘ir tan jarohati olgan ona shifoxonaga yetkazilgan va zudlik bilan davolanishga olingan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiya qizni hibsga olgan. Dastlab, qiz hammasini inkor qilgan bo‘lsa-da, keyinroq aybini to‘liq tan olgan. Onasi esa politsiyaga bergan izohida qizining ruhiy holatida muammolar borligi, u bilan ba’zida sababsiz tortishuvlar bo‘lib turishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida erkak o‘z onasini bolta bilan chopib tashlagani haqida xabar berilgandi. 1987 yilda tug‘ilgan o‘g‘il onasidan spirtli ichimlik iste’mol qilish uchun pul so‘ragan, ammo onasi pul bermagach, uni mast holda bolta bilan chopib tashlagan.
Live
Barchasi