“Yovvoyi Arman”ning hamtovoqlari qo‘lga olindi

Olam

image

Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari 2022 yilning yanvaridagi tartibsizliklarda ishtirok etgan uyushgan jinoiy guruhning 18 nafar a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olish uyushgan jinoiy guruhni yo‘q qilishning navbatdagi bosqichi bo‘lib, uning rahbari janjallarda faol ishtirok etgan – “Yovvoyi Arman” nomi bilan tanilgan Arman Jumageldiyev bo‘lgan. Shunga qaramay, guruhning boshqa a’zolari noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanishda davom etmoqda. 

“12 iyul kuni [Qozog‘iston] Ichki ishlar vazirligining Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish departamenti Bosh prokuraturaning idoralararo tergov-tezkor guruhi bilan hamkorlikda maxsus operatsiyaning uchinchi bosqichini o‘tkazdi. Bir vaqtning o‘zida Ostona, Olma-Ota, Chimkent, Aqto‘be,  Qo‘stanay va Turkiston shaharlarida “yanvar voqealari” paytida Olma-otadagi tartibsizliklarda faol ishtirok etgan 18 nafar ayblanuvchi qo‘lga olindi. 36 ta tintuv o‘tkazilib, bir nechta o‘qlangan miltiqlar, to‘pponchalar, pichoqlar, diniy adabiyotlar, shuningdek,  tartibsizliklarda gumon qilingan shaxslarning kiyim-kechaklari musodara qilindi”, deyiladi xabarda. 

Aprel oyida Qozog‘istonning bir qancha viloyatlarida politsiya og‘ir jinoyatlarda ishtirok etgan ushbu uyushgan jinoiy guruhning 12 nafar a’zosini qo‘lga oldi. Shuningdek, noqonuniy qimor o‘yinlari bilan shug‘ullangan va ushbu guruhni moliyalashtirgan 53 nafar shaxs ushlangan. 

2022 yil yanvar oyi boshida Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi, uning ishtirokchilari politsiya va harbiylarga hujum qildi. Respublika Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat to‘ntarishiga urinish haqida xabar berdi va yordam so‘rab Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga murojaat qildi. 7 yanvarga kelib vaziyat barqarorlashdi, 19 yanvardan butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat bekor qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar paytida 238 kishi halok bo‘lgan, 4,5 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, tartibsizliklar vaqtida Arman Jumageldiyev va uning besh nafar sherigi Olma-otada qo‘lga olindi. Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, Qozog‘istonda tartibsizliklar bo‘lgan kunlarda kriminal avtoritet Arman Jumageldiyev to‘dasining qurollangan a’zolari 24 kishini o‘g‘irlab ketishgan va hibsga olgan, ulardan biri halok bo‘lgan.. 


Maqola muallifi

Teglar

Yovvoyi Arman Arman Jumageldiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing