Yevroparlament Lukashenkoni hibsga olishga chaqirdi

Olam

image

Yevroparlament Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoni Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan viloyatlaridan bolalarni noqonuniy olib chiqishda ishtiroki qayd etilgan rezolyutsiyasini qabul qildi. Bu haqda Yevroparlament saytida ma’lum qilindi.

Aytilishicha, 2150 dan ortiq bolalar, jumladan, yetim bolalar bosib olingan Ukraina hududlaridan Belarusga ko‘chirilib, ularning ongi noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan “zaharlangan”.

Hujjatda Yevroparlamentning ushbu jinoyatdan xavotiri haqida so‘z boradi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi vakillari Xalqaro jinoiy sudni Aleksandr Lukashenkoni hibsga olish uchun xalqaro order berish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirgan.

“Yevropa parlamenti Lukashenkoni [Rossiya Prezidenti] Vladimir Putin va [bolalar ombudsmani] Mariya Lvova-Belova kabi ushbu harbiy jinoyatlar uchun javobgar deb hisoblaydi va shu sababli XJSni Lukashenkoni hibsga olish uchun xuddi shunday xalqaro order berish masalasini ko‘rib chiqishga chaqiradi”, deyiladi hujjatda. 

Yevroparlament Lukashenko rejimining Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga aralashuvini, shuningdek, uning nafratli nutqi, dezinformatsiyasi va Moskva da’volariga mos keladigan tashviqotini qoralagan. Deputatlar Lukashenko rejimiga Rossiya o‘q-dorilari va harbiy texnikasining ko‘p miqdorda yetkazib berilishi, shuningdek, Rossiya qo‘shinlarining Belarus hududiga kiritilishidan xavotirdaligini bildirgan.

“Maxsus xalqaro tribunal nafaqat Putin va Rossiya siyosiy va harbiy rahbariyati, balki Belarus rahbariyatining ham jinoyatlarini tergov qilish vakolatiga ega bo‘lishi kerak”, deyiladi hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan, chunki ular bolalarning noqonuniy deportatsiyasi bilan bog‘liq harbiy jinoyatlar uchun javobgar deb topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made