Yevropaning yetakchi aviakompaniyasi bir necha haftaga yetgulik pullari qolganini ma’lum qildi
Olam
−
25 aprel 2020
5406Germaniyaning yirik aviakompaniyasi Lufthansa Group 2020 yilning dastlabki uch oyida 1,2 milliard yevro miqdorida mablag‘ yo‘qotgani haqida xabar berdi. “Financial Times” xabariga ko‘ra, nemis aviakompaniyasi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa, bir necha hafta ichida pul tugab qolishi haqida ogohlantirgan.
Germaniya, Avstriya, Belgiya va Shveysariya rasmiylaridan yordam so‘rab murojaat qilgan nemis kompaniyasi ushbu yilning ikkinchi choragida “operatsion yo‘qotishlar sezilarli darajada oshishini” kutayotganini ma’lum qilgan.
Qoldiq likvidligi 4,4 milliard yevroni tashkil etgan kompaniya qo‘shimcha xarajatlar, jumladan, reyslari bekor qilingan mijozlarga qaytarilgan mablag‘lar qiymati “ko‘p milliard yevro”ni tashkil etganligini qo‘shimcha qildi.
“Yevropaning yetakchi avikompaniyalaridan biri hisoblanuvchi Lufthansa kelgusida qarz olish orqali rivojlanayotgan kapital talablarini qondira olmasligi mumkin”, deb yozadi “Financial Times”.
LiveBarchasi