Yevropaning eng qimmat futbol klublari e’lon qilindi
Sport
−
29 may 4516 2 daqiqa
“Football Benchmark Group” tahliliy markazi Yevropadagi eng yuqori bozor qiymatiga ega bo‘lgan futbol klublari reytingini e’lon qildi. Tadqiqot doirasida yetakchi futbol jamoalarining moliyaviy ko‘rsatkichlari va bozor kapitalizatsiyasi baholangan.
Ro‘yxatning yetakchisi sifatida Madridning “Real” klubi qayd etilgan – uning taxminiy qiymati 6,3 milliard yevroni tashkil qiladi. Football Benchmark ma’lumotlariga ko‘ra, klub reklama daromadlari bo‘yicha ham yetakchi: “Real” futbolkalardagi reklama orqali har yili o‘rtacha 205 million dollar ishlab topadi va bu futbol olamidagi eng yuqori ko‘rsatkich.
Ikkinchi o‘rinda – “Manchester Siti” (5,2 mlrd yevro), undan keyingi pog‘onada esa “Manchester Yunayted” (5,1 mlrd yevro) joylashgan.
Yevropaning eng qimmat 10 klubi quyidagilar:
- “Real Madrid” (Ispaniya) – 6,3 mlrd yevro;
- “Manchester Siti” (Angliya) – 5,2 mlrd yevro;
- “Manchester Yunayted” (Angliya) – 5,1 mlrd yevro;
- “Barselona” (Ispaniya) – 4,5 mlrd yevro;
- “Bavariya” (Germaniya) – 4,3 mlrd yevro;
- “Liverpul” (Angliya) – 4,1 mlrd yevro;
- “Arsenal” (Angliya) – 3,9 mlrd yevro;
- “PSJ” (Fransiya) – 3,8 mlrd yevro;
- “Tottenxem” (Angliya) – 3,6 mlrd yevro;
- “Chelsi” (Angliya) – 2,9 mlrd yevro.
Mazkur reyting futbol klublarining sportdagi yutuqlari, moliyaviy faoliyati va global auditoriyasi asosida shakllantirilgan.