Yevropaning 8 davlati rossiyalik harbiylarning kirishini taqiqlamoqchi
Olam
−
14 mart 2638 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqining sakkizta yetakchisi Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan Rossiya fuqarolarining Shengen zonasiga kirishini cheklashga chaqirdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Germaniya, Polsha, Ruminiya, Latviya, Litva, Estoniya, Finlyandiya va Shvetsiya davlat hamda hukumat rahbarlari Yevropa Ittifoqini Ukrainadagi urushda ishtirok etgan Rossiya fuqarolariga nisbatan choralar ko‘rishga undamoqda.
Tegishli maktub Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenga yo‘llangan. Hujjat tahririyat ixtiyoriga kelib tushgan. Ushbu mamlakat yetakchilari Rossiya harbiylari Yevropa xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligini ta’kidlagan.
“Agressor davlat Qurolli kuchlari tarkibida urushda qatnashgan shaxslar ichki xavfsizlikka jiddiy xatardir. Bu, jumladan, og‘ir jinoyatlar, uyushgan jinoiy tarmoqlar, ekstremistik harakatlar faoliyati hamda Rossiyaning gibrid harakatlari doirasidagi dushmanona davlat faoliyati bilan bog‘liq”, deyiladi hujjatda.
Yevrokomissiya, Yevropa Tashqi aloqalar xizmati va YeI Kengashidan ushbu tahdidni bartaraf etish uchun butun Ittifoq darajasida ehtimoliy choralarni ko‘rib chiqish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tomonidan Kiyev viloyatiga raketa va dronlar bilan berilgan ommaviy zarbalar oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi